Buхоrо sоliq tехnikumidа tahsil olayotgan o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.
O‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida fan o‘qituvchilari tomonidan berilgan vazifalarini bajarishlari hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Axborot –resurs markazi mavjud bo‘lib darslik, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari texnikum “O‘quvchilar turar joyida” yashaydigan o‘quvchilar uchun kechki paytda kitob o‘qishi uchun ma’naviyat xonasida kutubxona burchagi tashkil etilgan.
Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida turli fan to‘graklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Barcha mutaxassislik fanlaridan olib boriladigan fan to‘garaklarida o‘quvchilar soliq sohasida o‘zlarining qiziqtirgan mavzu yuzasidan fan o‘qituvchilari tomonidan qo‘shimcha ma’lumot oladi. Bundan tashqari Fizkal instituti tomonidan 27 ta nomda 206 ta sonda darsliklar bilan ta’milandi.
Axborot-Kutubxona markazi tomonidan texnikumning 2023-2024 o‘quv yili uchun belgilangan asosiy tadbirlar rejasi hamda AKM yillik ish rejasi shuningdek soliq xizmati organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar va pedagog-xodimlar uchun muntazam turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.