BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

50410501 — Bank ishi mutaxassisligi

Bank ishi mutaxassisi:

Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyani muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyani qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.    Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik, axborot tizimlari tuzilmalari uchun kompyuter texnologiyalari va informatika sohasi bo‘yicha minimumi, har tomonlama fikrini to‘liq bayon qila olish, hisobotlarni tayyorlay olish, dasturiy mahsullar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ishlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.

Bank ishi mutaxassisligi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:

  • kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakasini oshirishi;
  • kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishini davom ettirishi mumkin.

Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:

Pul mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish, hisobini yuritish va nazorat qilish, kredit tizimi tashkilotlarida mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish.

Bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari:

  • naqd va naqd bo‘lmagan pul mablag‘lari;
  • bank majburiyatlari va talablari;
  • mijozning moliyaviy holati haqida axborot;
  • kredit tashkilotlari hisobot hujjatlari;
  • bank operatsiyalarini rasmiylashtirish hujjatlari.

Bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:

  1. Hisob-kitob operatsiyalarini yuritish;
  2. Kredit operatsiyalarini amalga oshirish.

Bank ishi mutaxassisligi ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilar quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:

  1. Mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatini ko‘rsata olish;
  2. Milliy va chet el valyutada hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanib naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish;
  3. Turli darajadagi byudjetlar hisobraqamlariga hisob-kitob xizmatini ko‘rsata olish;
  4. Banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  5. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  6. Turli to‘lov kartalar yordamida hisob-kitob operatsiyalariga xizmat ko‘rsatish;
  7. Mijozlarning kredit qobiliyatini baholay olish;
  8. Kredit berishni rasmiylashtirish va amalga oshirish;
  9. Berilgan kreditlarni kuzatish va nazorat qila olish;
  10. Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar rezervlarini shakllantirish va boshqarish;
  11. Zamonaviy “Online” bank xizmatlarini tashkil etish.