BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

13-may kuni “101-reys” kinofilmi namoyish etildi. Filmda ilgari surilgan gʻoya, Vatanga sadoqat, oʻzaro mehr oqibat, yuksak ma’naviyat, bagʻrikenglik, sogʻlom dunyoqarash, shukronalik tuygʻularini yoshlar ongiga singdirishdir.

13-may kuni O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, milliy tasviriy, amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini targ‘ib qilish, ulardan o‘quvchilar ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida, Buxoro soliq texnikumida “Ijod zavqi” loyihasi doirasida rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

14-may kuni Buxoro soliq texnikumida o‘quvchilarda tarbiyalash lozim bo‘lgan fazilatlar, jumladan, Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, kitobxonlik va media madaniyat, shukronalik, siyosiy-huquqiy va АКТ savodxonligi, innovatsion fikrlash, vatan taraqqiyotiga daxldorlik, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Tarix ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida Ma’naviyat soati tashkil etildi.

15-may texnikum o‘quvchilarning intellektual bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblik va topqirlik mahorati rivojlanishiga erishish maqsadida “Zakovat” intellyektual o‘yini tashkil etildi. Zakovat intellektual o‘yinini o‘tkazish, o‘quvchilarni bilim saviyasini oshirish va o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga undaydi, shuningdek, do‘stlik va jamoa ruhini kuchaytiradi.

19-may texnikum o‘quvchilarda sog‘lom turmush madaniyati shakllanadi “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etish Buxoro soliq texnikumida o‘quvchi-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda mutolaa va kitobxonlik madaniyatini orttirish maqsadida “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilari bilan Said Ahmadning “Ufq” asari muhokama qilindi.Tadbir davomida kitobxonlarga Den Braunning “Ibtido” asarini o‘qish tavsiya etildi.

20-may kuni Buxoro soliq texnikumida ustoz F.Mehmonqulova tomonidan yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ustoz H.Azizova tomonidan yoshlarga Vatanga sadoqat, oʻzaro mehr oqibat, yuksak ma’naviyat, bagʻrikenglik, mas’uliyat, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik kabi ezgu tuyg‘ularni singdirish maqsadida “Qo‘qon shamoli” kinofilmi namoyish etildi.

23-may kuni texnikum o‘quvchilarda sog‘lom turmush madaniyati shakllantirish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Buxoro soliq texnikumida o‘quvchi-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda mutolaa va kitobxonlik madaniyatini orttirish maqsadida “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilari bilan Den Braunning “Ibtido” asari muhokama qilindi.
Tadbir davomida kitobxonlarga Luqmon Bo’rixonning “Jaziramadagi odamlar” asarinio‘qish tavsiya etildi.