Buxoro viloyati soliq boshqarmasi shaxsiy xavsizlik bo‘limi bilan hamkorlikda Buxoro soliq texnikumi talabalari uchun “Yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish” hamda «Korrupsiyaga qarshi kurash» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarga internet tarmoqlaridan oqilona foydalanish, turli xil yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari hamda korrupsiyaga birgalikda qarshi kurashish haqida tushunchalar berdilar.
Tadbir davomida o‘zining yuksak iqtidori, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba yoshlarning ota-onalariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.