Ta‘lim muassasalarining Metodik kengashi to‘g‘risida Nizom
I.Umumiy qoidalar
1.Ta‘lim muassasalaridagi metodik ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida O‘rta maxsus professional ta‘limi muassasasida metodik kengashi tashkil etiladi.
2. Metodik kengash jamoa organi bo‘lib, ta‘lim muassasasida metodik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni birlashtiradi.
3. Metodik kengash ta‘lim muassasasida metodik ishlarni tashkillashtirishda yo‘riqnoma beruvchi organ hisoblanadi.
4. Metodik kengash o‘z faoliyati davomida Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga, «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, ta‘lim boshqaruvi organlari va ta‘lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy hujjatlar, ta‘lim muassasasi Ustavi hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
II. Kengashning asosiy vazifasi
5. Metodik kengash ta‘lim muassasalariga qo‘yilgan quyidagi vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladi:
- Ta‘lim muassasasidagi metodik ishlar, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
- Ta‘lim muassasasi metodik ishlarini asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
- Ta‘lim muassasalaridagi metodik xizmat ko‘rsatishning maqsad va vazifalarini belgilash;
- Ilmiy, metodik, didaktik materiallar, o‘quv dasturlari bilan taminlash;
- Ta‘lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkillashtirish;
- Kasbiy mahoratni takomillashtirish, dars berishning turli metodlari, ta‘lim muassasasini o‘quv metodik va moddiy rivojlantirish borasida tavsiyalar berish;
- Ta‘lim muassasasi xodimlari attesstatsiyasida ishtirok etish;
- Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o‘tish metodlarini sinovlardan o‘tkazish;
- Ijodiy ishlayotgan ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarni aniqlash va ularning ish tajribalarini ommalashtirish;
- Ta‘lim sohasidagi ilg‘or ish tajribalar bilan tajriba almashish maqsadida boshqa ta‘lim muassasalari va ilmiy tekshirish muassasalari bilan hamkorlik qilish;
- Dars jarayoniga yangi o‘quv – metodik va didaktik materiallarni tatbiq etish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, resurs markazlaridan foydalanishni joriy etish;
- Yosh mutaxassislarga ilg‘or pedagogik ish tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni biriktirish;
- O‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshirish;
- Pedagoglarni kursdan keyingi faoliyatlarini tahlil qilish va ularni o‘z ustida ishlash rejasi bo‘yicha ijodiy hisobotlarni eshitish;
- Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra DTS talablari bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
- Yo‘nalishlar va fanlar bo‘yicha fan kafedralar hisobotini eshitish, muhokama qilish va ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;
- Fakultativ, mustaqil ishlar, to‘garak, ishlari, fan olimpiadalarining birinchi bosqichlari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi va ular samarasini nazorat qilib boradi.
III. Metodik kengashning faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar
6. Fanlar kesimida o‘qitilishning natijasini tahlil qilish;
- o‘quv dasturi mazmuniga minimal o‘zgartirish kiritishda ishtirok etish;
- o‘quv fani bo‘yicha dars o‘tish metodikasiga oid metodik ma‘ruza uyushtirish va o‘qituvchilarning malakasini va malakaviy toifasini oshirishda ishtirok etish;
- taqvim-mavzu rejasini muhokama qilish va tasdiqlash;
- yangi axborot texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik tadqiqotlar olib borish;
- o‘quv laboratoriya bazasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
- tajriba almashish maqsadida fan o‘qituvchilarning a‘zolarining darslarini kuzatish va tahlil qilishni tashkillashtirish;
- ta‘lim muassasasida (fan o‘qituvchilari doirasida) ijodkor, iqtidorli talabalar bilan alohida ish olib borilishini ta‘minlash;
- o‘zaro tajriba almashish maqsadida fanlararo bog‘liqligi bo‘lgan o‘qituvchilar bilan qo‘shma kengash o‘tkazish;
- o‘zaro tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari fan kafedralari ish tajribasini o‘rganish;
- tajribasiz va yosh mutaxassislarni ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarga biriktirishni tashkil etish;
- fanlar bo‘yicha olimpiada, konkurslar , musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha nizom ishlab chiqishda tavsiyalar berish.
IV. Kengash ishini tashkil etish
- Metodik kengash tarkibi o‘quv muassasasining direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
- Metodik kengash tarkibiga o‘quv bo‘limi boshlig‘i, uslubchi, ilg‘or fan o‘qituvchilar kiradi.
- Metodik kengashga ta‘lim muassasa direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
- Kengash ishi tuzilgan yillik ish reja asosida tashkil etiladi.
Ish reja kengash raisi tomonidan tuzilib, direktor bilan kelishilgan holda metodik kengashda ko‘rib chiqiladi va ta‘lim muassasa ilmiy pedagogika kengashida tasdiqlanadi.
11. Kengash yig‘ilishi doimiy ravishda har ikki oyda bir marotaba o‘tkaziladi. Kengash bayonnomasiga kengash raisi va kotibi imzo qo‘yadi. Agar kengashda boshqa yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinsa, o‘sha yo‘nalish rahbari taklif etiladi qabul qilingan tavsiyalar kengash yig‘ilishlarini qayd etish kitobiga kiritiladi.
VI. Metodik kengash huquqi
12. Metodik kengash quyidagi huquqqa ega:
- O‘qituvchining malakaviy toifasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiya tayyorlash;
- Ta‘lim muassasasida o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha taklif berish;
- Ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini nashr qilish masalasini qo‘yish;
- Ta‘lim muassasasi rahbariyati oldiga, tajriba-sinov ishlarida, ilmiy –metodik izlanishlarda faol ishtirok etgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida masala qo‘yish;
- O‘qituvchilarga malaka oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
13. Kengash o‘z faoliyati doirasida ta‘lim muassasasi ilmiy pedagogik kengashiga hisobot beradi.
14. Kengash ish faoliyatini ta‘lim muassasasi direktori (yoki u tayinlagan shaxs) ta‘lim muassasasining ichki nazorati doirasida nazorat qiladi.
VII. Metodik kengash hujjatlari
15.Metodik kengash faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:
- Metodik kengash a‘zolari haqida ma‘lumot
- ish rejasi
- hisobotlar
- yig‘ilish bayonnomalari.
- Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar va berilgan tavsiyalar.
- Kengash hujjatlari ta‘lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga 3 yil saqlanadi.
Pedagoglarning ta‘lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ta‘lim islohotlarining hozirgi bosqichida, vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish va amaliyotga tadbiq qilib borish muhim ahamiyatga ega.
Ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish o‘qituvchilarning kasb mahoratlarini takomillashtirishning eng qulay shaklidir. Ilg‘or ish tajriba bu o‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatiga ijodkorona va novatorlarcha yondashib, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishning yangi yo‘llarini izlab topishdir.
Ilg‘or ish tajribalar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- Natijaviyligi, o‘quv-tarbiya ishlari natijalarining muntazamliligi va yuqori darajadaligi;
- dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati, o‘quv-tarbiya vazifalarining effektiv bajarilishi, boshqaruv faoliyati mazmunining takomillashtirilishi;
- pedagogik amaliyotdagi zarurligi, faolligi va istiqbolliligi;
- yangiligi, amaliyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullari;
- pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta‘siri, pedagogika va metodikadagi erishilgan natijalar zamonga mosligi;
- isbotlanganligi, yuqori natijaviyligi va samaradorligi;
- o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi sifat ko‘rsatkichlarining yuqori natijaviyligi va ilg‘or tajriba shaxsni rivojlanish, tarbiyalanish darajasiga yo‘nalganligi;
- barqarorligi,bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, har xil sharoitda sinab ko‘rilganligi;
- ommaviy ravishda amaliyotda tajribani ijodiy qo‘llash imkoniyati (maxsus sharoitga mo‘ljallangan tajribalarni ommalashtirishga tavsiya etilmaydi);
- optimalligi, minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi;
- butunligi, tajriba o‘quv-tarbiya jarayonining qismi sifatida ko‘rilishi.