BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

50410201 — Soliq va soliqqa tortish

Soliq va soliqqa tortish  mutaxassisligi doirasida beriladigan kvalifikatsiyalar: Soliq inspektori

Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyani muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyani qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi. Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.

  • kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakasini oshirishi;
  • kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishini davom ettirishi mumkin.

Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish, soliq ob’ektlarini ro‘yxatga olishi, ma’lumotlarni solishtira bilish, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqlar va yig‘imlarni hisoblay olish, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari hamda vazifalari.

Soliq inspektori kvalifikatsiyasi bo‘yicha bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari:

  • Soliq xizmati organlari;
  • soliq boshqarmalari;
  • soliq inspeksiyalari;
  • soliq xizmati organlari kompyuter tarmoqlari.

Soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:

  1. Davlat budjeti va davlat budjetining daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish;
  2. Mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish;
  3. Soliq xizmati organlarida soliqqa tortish faoliyatini yuritish;
  4. Moliya-xo‘jalik faoliyati va uni natijalarini aniqlash;
  5. Soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;
  6. Soliq xizmati organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan ishlash;
  7. Moliyaviy hisobot tuzish, ularni topshirish.

Soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilar quyidagi kasbiy kompetentsiyalarga ega bo‘lishi kerak:

  1. Soliq qonunchiligi va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil eta olish;
  2. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish, soliq majburiyatini bajarish;
  3. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobini yuritish va tegishli muassasalardan olingan ma’lumotlar asosida solishtira olish;
  4. Soliq hisobotlarini qabul qilish va hisobini yuritish;
  5. Soliq nazorati shakllarini amalga oshirish doirasida nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  6. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, belgilangan imtiyozlardan foydalana olish;
  7. Soliqlar va yig‘imlar turlari bo‘yicha soliq hisob-kitob shakllarini tuzish;
  8. Davlat budjeti va maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha tushumlarni tahlil qilish  va belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot tayyorlay olish;
  9. Soliq to‘lovchilarni qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qila olish;
  10. Soliq to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
  11. Soliq  organlarida  qo‘llanilayotgan axborot tizimlarida ishlash, sozlash va ma’lumotlarni shakllantira olish.