BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

Buxoro soliq texnikumi mavjud quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
1.Buxgalter ( to’lov-kontrakt asosida o’qishdan tushgan mablag’larni hisobga olish bo’yicha)

Mazkur lavozim MALAKA TALABLARI:

  1. Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr)ga ega bo‘lishi;
  2. Iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo’yicha mutaxassislikka ega bo’lishi;
  3. Byudjet va moliya-iqtisod sohasidagi kasbiy faoliyatidagi tajribasi 3 yildan kam bo‘lmasligi;
  4. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, UzASBO tizimida mukammal ishlashi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami (Word, Excel, Power Point, Access) hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi.

Oylik ish haqi — 1 336 732 so’m.
Ish vaqti soat 830 dan 1230 gacha
Ish kunlari -Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. Dam olish kuni — yakshanba

Izoh: Buxoro soliq texnikumiga ishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o’tash to’g’risida»gi 320-sonli Qarori Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz tanlovda ishtirok etishni xoxlovchilar 2024-yil 5-mayga qadar 90 611 97 19 raqam orqali murojaat qilishingiz hamda hujjatlarni topshirishi mumkin