BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

Buxoro soliq texnikumi

Buxoro soliq texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-maydagi “Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining soliq kollejlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 178-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
16-oktabrda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Buxoro soliq texnikumi sifatida qayta tashkil etilib 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab soliq xizmati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagich (MSKO)ning 3,4-5-darajasiga bo‘g‘in professional kadrlari tayyorlanadi.