BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

Buxoro soliq texnikumida «Fuqarolarni kibertahdidlardan ogohlantirish hamda ularni yangi turdagi kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish» mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Y.Bazarov va jinoyat qidiruv bo’limi xodimlari tomonidan kibermakondagi tahdidlar, ulardan himoyalanish bo’yicha tavsiyalar va bir qancha statistik ma’lumotlar berildi.