04.09.2024
Buxoro soliq texnikumida yangi 2024-2025 o’quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. Dars avvalida texnikum direktori Sh.Sh. Izzatov texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Texnikum direktorining o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘.N. Boltayev tomonidan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz-birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida o‘quvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantiruvchi “Mustaqillik” darsi o‘tildi.