BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 20 uy

Jismoniy shaxslar «kontrakt» to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

📲 Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) 📎 ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

📲Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida – «Ortiqcha to‘lovni qaytarish» xizmati orqali ariza yuboriladi.

Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang.

Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.