









Davlatimiz rahbari yig‘ilishdagi nutqida so‘nggi sakkiz yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sgani, yalpi ichki mahsulot hajmi yil yakunigacha 130 milliard dollarga yetishini qayd etdi. Ushbu iqtisodiy zamin asosida o‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fan sohasiga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Prezidentimiz ta’lim sifatini oshirish, ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda ta’limning barcha bo‘g‘inlarini rivojlantirish, yoshlar va pedagoglar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar belgilandi.
Ayni shu jihatdan bugungi muloqotni buxorolik ustoz va murabbiylar katta qiziqish va zo‘r hayajon bilan kuzatib borishdi.
Muloqotdan so‘ng viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallimlarni tabriklab, ularga chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.