Buxoro soliq texnikumida “5 tashabbus – sport bilan” shiori ostida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol hamda futbol turlari musobaqalari o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish va ularning jismonan sog‘lom bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.