Jahondagi eng ommaviy va ta’sirchan san’at turlaridan biri bo‘lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go‘zal his-tuyg‘ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
San’atlar ichida teatr inson kechinmalarining shakllanishi, hayotiy muammolarni hal etish yo‘llarini izlash, asosiysi asar qahramonlarining tomoshabin bilan yuzlashishi orqali ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoshlar dunyoqarashining mustahkamlanishi, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni yaqindan o‘rganishlarida uning o‘rni beqiyos. Yoshlar tarbiyasida ayni omildan samarali foydalanish va yoshlar dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida Buxoro soliq texnikumi xodimlari va o‘quvchilari Buxoro viloyat musiqali drama teatriga tashrifi uyushtirildi.
Teatrda sovet-qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida sahnalashtirilgan “Ovsar” spektakli primyerasi bo‘lib o‘tdi.